Fozilov Alisher — Qurilish sohasida 18 yillik tajriba egasi
Fozilov Alisher — o‘z ishiga vijdonan yondashadigan, 18 yillik tajribaga ega tajribali quruvchi va loyiha boshqaruvchisi. Faoliyati davomida yuzga yaqin obyektni muvaffaqiyatli yakunlab, mijozlar ishonchini va hamkorlar hurmatini qozongan.
U 7 yil davomida “FASAD PENO DEKOR” kompaniyasi bilan montaj va qurilish ishlari bo‘yicha samarali hamkorlik qilgan. Shuningdek, 3 yildan beri “ART DECO” dizayn jamoasi tarkibida ishlayapti — bu esa uning texnik bilimlarini zamonaviy dizayn tamoyillari bilan boyitdi.
Fozilov Alisher “ART DECO STUDY” o‘quv markazining 0.2 va 0.4 bosqichlarini muvaffaqiyatli tamomlagan. Nazariy bilim va ko‘p yillik amaliy tajribaning uyg‘unligi — uni ishonchli, puxta va zamonaviy yondashuvga ega mutaxassisga aylantirgan.
Isayev Mirkomil – savdo, mebel ishlab chiqarish va arxitektura sohalarida chuqur tajribaga ega mutaxassis
15 yillik savdo tajribasi, 6 yil davomida mebel sanoatidagi faoliyat hamda 4 yildan beri arxitektura va qurilish yo‘nalishidagi izchil ishlarim bilan men turli sohalarning uzviy bog‘liqligini amalda namoyon etib kelmoqdaman.
ART DECO STUDY o‘quv markazida arxitektura dizayni va qurilish asoslari bo‘yicha malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli yakunlab, nazariy bilim va amaliy tajribani puxta uyg‘unlashtirganman.
Shu kungacha o‘nlab turli hajmdagi qurilish obyektlarini muvaffaqiyatli boshqargan va topshirganman. Har bir loyiha men uchun nafaqat ish, balki san’at, mas’uliyat va mukammallik timsolidir.
Sizni qurilish sohasida tajribangiz va g'ayrat bilan ishlashga ishtiyoqingiz bo'lsa biz bilan bog'laning.