Narx maydon hajmi, tanlangan materiallar va loyihaning murakkabligiga bog‘liq. Biz barcha tafsilotlarni muhokama qilgandan so‘ng individual smeta tuzamiz.
O‘rtacha qurilish muddati loyihaning murakkabligiga qarab 3 dan 9 oygacha bo‘ladi.
Ha, o‘zgarishlar kiritish mumkin, lekin bu qurilish muddatiga va narxiga ta’sir qilishi mumkin. Barcha o‘zgarishlar oldindan kelishiladi.
Ha, uy qurishdan oldin tegishli hujjatlar va ruxsatnomalar talab etiladi. Biz sizga hujjatlarni tayyorlashda yordam bera olamiz.
Biz mijozning tayyor loyihasi bo‘yicha ishlashimiz mumkin yoki o‘z arxitektorlarimiz bilan individual loyiha ishlab chiqib beramiz.
Biz qurilishni to‘liq kalit topshirish asosida bajaramiz. Bu degani, uy nafaqat qurib beriladi, balki ichki bezak, elektr va santexnika ishlari ham yakunlab topshiriladi.
Sizni barcha savollaringizga telefon orqali javob berishimiz mumkin.